Yo‘lovchilarni tashish tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechiladi

Yo‘lovchilarni tashish tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechiladi

Qonunchilik

2023-10-11

659

O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va uning tarkibidagi korxonalar negizida 2024 yil 1 yanvargacha quyidagilar tashkil etiladi:

  • “Temiryo‘linfratuzilma” AJ;

  • “Temiryo‘lkargo” AJ;

  • “Temiryo‘lekspress” AJ( yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlarda yo‘lovchi tashish);

  • “Temir yo‘l vokzallari” MChJ

  • “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MChJ;

  • “Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar” muassasasi(lagerlar, sog‘lomlashtirish, sport muassasalari).

2024 yil 1 yanvardan temir yo‘lda yuklarni mahalliy, eksport va import yo‘nalishlarida tashish tariflariga taqdim etilgan chegirmalar bekor qilinadi

2023 yil 1 dekabrgacha temir yo‘llarda yuklarni tashish tariflariga taqdim etiladigan chegirmalar ro‘yxati tasdiqlanadi.

2024 yil 1 yanvardan yuk vagonlari va konteynerlarni taqdim etish hamda yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechiladi

2025 yil 1 yanvardan mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini (yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poezdlarda yo‘lovchilarni tashish bundan mustasno) ko‘rsatishdan ko‘rilgan zararlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan temir yo‘l transportida yuk tashish xizmatlariga berilgan chegirmalar Davlat byudjeti hisobidan kompensasiya qilinadi.

2027 yil 1 yanvargacha temir yo‘l transporti xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan olib kiriladigan ortish-tushirish ishlari uchun mo‘ljallangan mexanizm va uskunalarga bojxona bojining nolь stavkasi qo‘llaniladi.

2026 yil 1 yanvargacha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va uning tarkibidagi korxonalarga o‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tovarlarni sotish, ijaraga berish, xarid qilish, yetkazish, ish (xizmat)larini bajarishga ruxsat beriladi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.