Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar va O’zbekiston parlamentlari hamkorligining amaliy jihatlari muhokama qilindi

Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar va O’zbekiston parlamentlari hamkorligining amaliy jihatlari muhokama qilindi

Jamiyat

2023-10-25

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Yevropa Ittifoqining Toshkentdagi delegatsiyasi rahbari – Elchi Sharlotta Adrian bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi munosabatlarni amaliy mazmun bilan boyitish,  parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi muhokamalarning asosini tashkil etdi.

O‘zaro savdo aylanmasi barqaror o‘sishda davom etayotgani, Yevropaning yetakchi kompaniya va banklari bilan yuqori texnologik ishlab chiqarish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani, bunda “GSP+” tartibi sifatli o‘zbek tovarlarini Yevropa bozoriga eksport qilishning rag‘batlantiruvchi omiliga aylangani taʼkidlab o‘tildi.


Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi davlatlari hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishda parlamentlar imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Bu borada “Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston” Parlament hamkorligi qo‘mitasi doirasida tashkil etilgan muloqotning o‘rni muhimligi qayd etildi.

Ayni paytda Oliy Majlis Senati bilan yo‘lga qo‘yilgan Yevropa Ittifoqining “Inter Pares” – “Parlamentlar hamkorlikda” loyihasining borishi yuzasidan fikr almashildi.

Taʼkidlash joiz, “Inter Pares” – Yevropa Ittifoqining parlamentarizmni mustahkamlash bo‘yicha global dasturi bo‘lib, Demokratiya va saylovga ko‘maklashish xalqaro instituti (IDEA) tomonidan Yevropa Ittifoqiga hamkor mamlakatlar parlamentlarining ekspert ko‘magida amalga oshiriladi. Mazkur loyiha Markaziy Osiyo davlatlari orasida aynan yagona hamkor sifatida O‘zbekiston parlamenti bilan yo‘lga qo‘yilib, Vengriya, Germaniya, Kipr, Litva, Slovakiya, Fransiya, Chexiya hamkor davlatlar hisoblanadi.

Tomonlar loyihani samarali amalga oshirishning ustuvor jihatlarini birma-bir muhokama qilib, amaliy muloqotning har bir tarkibiy yaʼni  moliyaviy nazorat, gender tenglik masalalari, yoshlar parlamenti, elektron parlament  yo‘nalishida hal etilishi zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan kelishib oldilar.

Shuningdek, muloqot davomida mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash, barqaror rivojlanish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va BRMga erishish bo‘yicha qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirishda Yevropa Ittifoqi hamda uning ixtisoslashgan idoralari bilan munosabatlarni faollashtirishga kelishib olindi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.