Yangi BYDlarni olib ketayotgan yuk mashinasi YTHga uchradi
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q
Jamiyat
2023-10-18
729
17 oktyabr kuni Oltiariq tumani hududidan o‘tgan A373-“Toshkent –O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar berilmoqda.
Svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan MAN'ga uning ortida harakatlanib kelayotgan Shanxi rusumli yuk transport vositasi ehtiyotsizlik oqibatida kelib urilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘qligi aytilgan.
Ortdan kelgan Shanxi yuk transporti BYD rusumli yengil avtomobillarni olib kelayotgan bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


