Yangi binolarni foydalanishga topshirish yong‘in nazorati organi ruxsati bilan bo‘ladi

Yangi binolarni foydalanishga topshirish yong‘in nazorati organi ruxsati bilan bo‘ladi

Qonunchilik

2023-10-30

Respublikamizda 2022 yilda 10 260 ta yong‘in hodisasi yuz berib, 107 holatda insonlar vafoti bilan yakunlangan.

Yong‘inlar profilaktikasi sohasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligiga qaramasdan, aholining maishiy hayotida va tadbirkorlik subyektlari faoliyatida yong‘inlar bilan bog‘liq noxush hodisalar ro‘y bermoqda.

Yuqoridagi noxush hodisalarning yuzaga kelishi davlat yong‘in nazorati bo‘yicha qonunchilikda belgilangan mexanizmlarni qayta ko‘rib chiqish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining yong‘in xavfsizligi madaniyatini oshirishga qaratilgan qat’iy chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda.

Yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yong‘in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra, davlat yong‘in nazorati organlarining ijobiy xulosasini olmasdan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini auksionga chiqarish, qurilish obyektlari loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlardan foydalanish uchun ruxsatnoma berish taqiqlanadi.

Bunda:

🔷 davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan xulosa berish muddati 7 kun etib belgilanadi;

🔷 davlat yong‘in nazorati organlariga loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun mazkur hujjatlarning barcha qismlari taqdim etiladi;

🔷 davlat yong‘in nazorati organlari qurilish obyektlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida shaharsozlik normalari va qoidalarining yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;

🔷 aholi gavjum bo‘ladigan obyektlarda qonunchilikka muvofiq yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan majburiy tartibda idoraviy yong‘in nazorati o‘rnatiladi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.