Yandex Go soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Yandex Go soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan Yandex Go taksi xizmati yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

Jamiyat

2023-10-25

"Yandex Go" O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Bu haqda kompaniyaning MDHdagi rahbari Kirill Svinsov UzNews.uz'ga xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, kompaniya respublika qonunchiligiga muvofiq ishlaydi va allaqachon mahalliy yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazgan.

1 dekabrga qadar O‘zbekiston serverlarida ma’lumotlarni qayta ishlash ham mahalliylashtirish rejalashtirilgan.

"Bu xizmat mahalliy kompaniya tomonidan tegishli soliqlarni hisobga olgan holda taqdim etilishini anglatadi. Hozir jarayonlarni yo‘lga qo‘yyapmiz", - dedi Svinsov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Soliq qo‘mitasi Yandex Go kompaniyasiga tezroq soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tishi kerakligi haqida ogohlantirish bergandi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.