“Yandex.Go” bloklanishi mumkin
Dunyo
2023-10-07
756
Transport va yetkazib berish xizmatlarini ko’rsatuvchi kompaniyaga ayrim talablar qo’yilgan.
Soliq qoʻmitasi ijtimoiy tarmoqlarda “Yandex.Go” xizmati haqida eʼlon qilingan xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.
Joriy yilning sentabr oyida Ridetech International B.V. kompaniyasiga ikki oy muddatda oʻz faoliyatini qonun hujjatlari asosida tashkil etish boʻyicha quyidagi talablar qoʻyilgan:
1. Faoliyatni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtish va belgilangan soliqlarni toʻlash;
2. Soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiyalashuvni taʼminlash va mijozlarga avtomatik shakllantiriladigan fiskal chek taqdim etish.
2023 -yil 1-dekabrga qadar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda, Soliq qo‘mitasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga “Yandex.Go” kompaniyasining O‘zbekiston hududida agregator sifatida foydalanib kelinayotgan elektron Platformadan foydalanishni bloklash bo‘yicha rasmiy murojaat qilishini maʼlum qiladi.


