Yana o'sha kuzgi muammo

Yana o'sha kuzgi muammo

Dala va aholi yashash joylarida xazon yoqish jarimaga sabab bo'ladi

Ekologiya

2023-10-18

468

Dala va aholi punktlarida, xazon va shox-shabbalarni yoqish, atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib keladi.

Mutaxassislar fikricha, zararli moddalarga toʻyingan havodan nafas olgan kishining nafas yoʻllari, koʻzi hamda markaziy asab tizimi shikastlanadi. Shu bilan birga, organizmda oʻpka saratoni, bronxial astma kabi xavfli kasalliklar kelib chiqishi xavfi ortadi.

Qonunchilikka ko‘ra, dala va aholi punktlarida xazon yoqib yuborish, atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib kelsa:

  • fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha (990 mingdan so'mdan 1 mln 650 ming so'mgacha);

  • mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 650 ming so'mdan 3 mln 300 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Unda xazonni nima qilish kerak?

Layfxakerlar maslahatiga ko'ra, barglarni katta chuqur kavlab, o‘sha yerga tashlash eng yaxshi yo'l. Yomg‘ir suvi chuqurga to‘planadi va bir muncha vaqt o‘tgach, yaxshigina o‘g‘it hosil bo‘ladi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.