Yana bir tarixiy marrani zabt etdi – Nodirbek dunyo shaxmatining eng yuqori cho‘qqisida

Yana bir tarixiy marrani zabt etdi – Nodirbek dunyo shaxmatining eng yuqori cho‘qqisida

Sport

2024-02-28

Nodirbek Abdusattorov shaxmat tarixiga kirmoqda!

O‘zbekiston faxri, grossmeyster Nodirbek Abdusattorov xalqaro shaxmat maydonida yana bir muhim yutuqqa erishdi! U o‘zbek shaxmatchilari orasida ilgari kuzatilmagan rekordni o‘rnatib, dunyo shaxmat reytingida TOP-10 o‘rinlar qatoridan joy oldi.

Praga shaxmat festivali 2024”ning 1-turida qozonilgan g‘alaba tufayli Nodirbek o‘z reytingini yanada oshirib, 5 karra jahon chempioni Vishvanatan Anandni ortda qoldirdi. Bu natija bilan u live FIDE reyting jadvalida dunyoning eng kuchli 10 shaxmatchisi qatoriga kirdi.

🔹 Bu — nafaqat Nodirbek uchun, balki butun O‘zbekiston shaxmat maktabi uchun tarixiy yutuq!

🇺🇿 Shaxmatdagi bu ulkan muvaffaqiyat bilan yosh chempionimizni tabriklaymiz va yana-da yirik zafarlarga yetishishini tilaymiz!

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.