Yakkasaroy, Yashnobod, Olmazor tumanlarida gaz ta'minoti qisman to‘xtatiladi
Jamiyat
2023-10-26
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtning Yakkasaroy, Yashnobod, Olmazor tumanlari gaz ta'minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko`chalarida 26-oktyabr kuni gaz ta'minoti to‘xtatiladi.
Yakkasaroy tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:
— Afrosiyob ko`chasida joylashgan ko`p qavatli uylar;
— Ulgurji iste`molchilar — 5 ta.
Yashnobod tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:
— Jo`rabek, Olot, Baku, Obod Makon, Uz-Bum ko`chaslarida joylashgan xususiy va ulgurji iste’molchilar.
Olmazor tumanida 11:00 dan 15:00 gacha:
Sog`bon ko`chasida joylashgan ko`p qavatli uy;
— Ulgurji iste`molchilar — 5 ta.


