Xitoydagi tadbirlar yakuniga yetdi
Prezident Toshkentga jo‘nab ketdi
Siyosat
2024-01-19
486
Mirziyoyevning Pekindagi tadbirlarga boy amaliy tashrifi yakunlandi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Tashrif doirasida davlat rahbari Xitoy Raisi Si Szinpin va Vyetnam Prezidenti Vo Van Txiong bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Shuningdek, «Ameri International», «CAMCE», «China Energy», «State Grid» korporatsiyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Prezident rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan birga “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumiga kelgan delegatsiyalar rahbarlarini tantanali kutib olish marosimida ishtirok etdi.
Yubiley forumning ochilishida qatnashib, davlati rahbari “yashil” taraqqiyot masalalariga bag‘ishlangan yalpi sessiyasida nutq so‘zladi.
Tadbirlar yakunlangach, Prezident Toshkentga jo‘nab ketdi.
“Shoudu” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni XXR favqulodda vaziyatlar vaziri Van Syansi va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.


