Xersonda g‘arb yordamini kutayotgan dengiz piyodalari va Belgorodda zarbaga uchragan avtobuslar. Urush suratlari

Xersonda g‘arb yordamini kutayotgan dengiz piyodalari va Belgorodda zarbaga uchragan avtobuslar. Urush suratlari

Dunyo

2024-05-07

586

Ukrainada urushning 803-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya mudofaa vazirligi G‘arbning «provokatsion bayonotlari va tahdidlari»ga javoban taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazilishini ma’lum qildi.

  • RF TIVga Buyuk Britaniya elchisi chaqirildi — Devid Kemeronning Ukraina Rossiyaga britan qurollari bilan hujum qilishga haqli ekani to‘g‘risidagi so‘zlari uchun.

  • Belgorod oblastida dronlar avtobus va avtomobillarga hujum qilishi oqibatida yetti kishi halok bo‘lib, 35 kishi yaralandi.

  • Rossiyada neft va gaz sohasi armiya va qurol ishlab chiqarish zavodlari bilan raqobat tufayli ishchi kuchi taqchilligiga uchramoqda.

  • Demokratlarning Vakillar palatasidagi yetakchisi Ukraina mag‘lub bo‘lgan taqdirda, AQSh urushga aralashishga majbur bo‘lishi haqida gapirdi.

  • RF qo‘shini Sumi oblastiga aviazarba yo‘llab, dronlar bilan hujum qildi. Energetika infratuzilmasi shikastlangan, regionning bir qismi elektrsiz qolgan.

Ukraina qurolli kuchlarining Xerson oblastidagi artilleriyachilari


Xerson oblastida Ukraina qurolli kuchlarining boshqa bo‘linmalari qatorida 37-dengiz piyodalari alohida brigadasi ham harbiy xizmatni o‘tamoqda. Brigada 2023 yil boshida, Ukraina yangi qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rayotganida shakllantirilgan.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.