Xanchjou-2022. Yo'limiz yarim finalda yakuniga yetdi

Xanchjou-2022. Yo'limiz yarim finalda yakuniga yetdi

Futbol bo'yicha olimpiya terma jamoamiz Janubiy Koreyaga yengilishdi

Dunyo

2023-10-05

4 oktyabr kuni Timur Kapadze shogirdlari turnirning yarim final baxsida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga chiqishdi.

Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq raqiblarimiz darvozamizga to'p kiritishdi. Jarima zarbasidan ajoyib kombinatsiya amalga oshirildi va Vu Yon to'pni darvozaga kiritdi - 1:0.

Hamyurtlarimiz tezda o'zlariga kelib olishdi. Birinchi taymning 25-daqiqasida jamoamiz sardori Jasur Jaloliddinov jarimadan yo'llagan ajoyib zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi.

Afsuski, golimizdan 13 daqiqa o'tar-o'tmas, himoyamizdagi qo'pol xato tufayli Vu Yon foydalanib ketdi va dublni rasmiylashtirdi.

Ikkinchi taymning 74-daqiqasida Abdurauf Bo'riyev 2ta sariq kartochka natijasida qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

10 kishi bo'lib qolgan jamoamiz, raqib darvozasiga yo'l topa olishmadi. Yakuniy hisob 2:1

Vakillarimiz 7-oktyabr kuni 3-o'rin uchub bahsda maydonga chiqishadi. Koreya esa oltin medal uchun Yaponiya bilan kurash olib boradi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.