"Vodiy pereval"ga qor yog'di
FVV haydovchilarni ehtiyotkorlikka chorladi
Jamiyat
2023-10-13
407
Keskin havo sovushi oqibatida "Qamchiq" dovoniga qor yog'ishni boshlagani haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Vazirlik haydovchilarni yo'llarda ehtiyot bo'lishni so'radi.
"Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi," - deyiladi vazirlik xabarida.
Avvalroq, 12-14 oktyabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi haqida xabar bergandik.


