Velosportchilarimiz Parij-2024 Olimpiadasi uchun 4 ta litsenziyani qo‘lga kiritishdi

Velosportchilarimiz Parij-2024 Olimpiadasi uchun 4 ta litsenziyani qo‘lga kiritishdi

Bu O‘zbekiston velosport federatsiyasi tarixidagi eng yaxshi natija

Sport

2023-10-19

593

17 oktyabr kuni UCIning shosse bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari oldi reyting yili o‘z nihoyasiga yetdi, deb xabar beradi O‘zbekiston velosport federatsiyasi.

18-oktyabr kuni UCIning yangilangan reyting jadvali e’lon qilindi.

Shunga asosan O‘zbekiston velosport federatsiyasi Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etish uchun 4 ta litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Shulardan ayollar terma jamoasi 3 ta litsenziyani, 2 tasini guruh poygalarida va 1 tasini yakka poyga (ITT) bo‘yicha qo‘lga kiritishgan.

Erkaklar terma jamoasi esa, shosseda guruh poygalarida 1 ta litsenziyaga musharraf bo‘lishdi.

"O‘tmishga nazar tashlagan holda, avvalgi Olimpiya sikli bilan solishtiradigan bo‘lsak, Velosport federatsiyasining bugungi yutuqlari chinakam yuksak va tarixiydir," - deydi federatsiya matbuot xizmati.


Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.