Vagon ostiga berkitilgan giyohvand modda topildi
Qo‘shni davlatdan kirib kelgan poyezd ostiga 2.14 kilogramm "opiy" yashirilgani aniqlandi
Dunyo
2023-10-11
Surxondaryo viloyati “Ayritom” chegara bojxona postida navbatdagi jinoyat fosh etildi.
Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berishicha, qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk poyezdi vagonlari belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Tekshiruv natijasida, vagonning pastki balka qismida jami og‘irligi o‘rami bilan 2.14 kilogramm bo‘lgan “opiy” giyohvandlik vositasi xufyona tarzda yashirilganligi aniqlangan.


