“Umra” tadbirini tashkil etish bo‘yicha yangi talablar 1-noyabrdan kuchga kiradi

“Umra” tadbirini tashkil etish bo‘yicha yangi talablar 1-noyabrdan kuchga kiradi

Dunyo

2023-10-10

519

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq endilikda fuqarolarga “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish faqat mahalliy turoperator tomonidan amalga oshiriladi.

Mazkur qaror bilan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar 2023-yil 1-noyabrdan boshlab amalga kiritiladi. Endilikda “Umra” tadbirlarini turoperatorlar tomonidan amalga oshirish uchun pasportning 5-pozitsiyasiga ko‘ra quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

  • “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha ravishda diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik”, “Islomshunoslik”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Ziyorat turizmi” va “Islom huquqi” ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot


  • “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid turizm xizmatlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan taqdirda, litsenziya talabgori 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasi uchun ochilgan quyida keltirilgan bank rekvizitiga zaxira qilinganligi haqidagi ma’lumot

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.