Uchtepa tumanida  sodir bo‘lgan hodisa to‘g‘risida ma'lumot

Uchtepa tumanida  sodir bo‘lgan hodisa to‘g‘risida ma'lumot

Jamiyat

2023-10-11

625

Uchtepa tumani Beshqayrag‘och ko‘chasida oqova suvlari uchun mo‘ljallangan chuqurlik (kotlovan) qazish vaqtida o‘pirilish sodir bo‘lib, 3 nafar fuqaro tuproq ostida qolib ketganligi taxmin qilinmoqda.

Bugun, 11 oktyabr kuni soat 14:21 da Toshkent shahar, Uchtepa tumani Beshqayrag‘och ko‘chasida oqova (chiqindi) suvlari uchun mo‘ljallangan chuqurlik (kotlovan) qazish vaqtida o‘pirilish sodir bo‘lib, 3 nafar fuqaro tuproq ostida qolib ketganligi taxmin qilinmoqda.

Hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan shahar FVBning 2 ta qutqaruv otryadining 16 nafar qutqaruvchilari tomonidan tuproq ostida qolib ketgan fuqarolarni qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Voqea joyiga shahar FVB, SSB, IIB rahbar xodimlari chiqishgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.