Toshkentda qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq yo‘lovchi tashiyotgani ma’lum qilindi

Toshkentda qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq yo‘lovchi tashiyotgani ma’lum qilindi

Poytaxtda Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari haydovchilari yo‘lovchilarni onlayn-agregatorlar orqali tashimoqda. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jamiyat

2024-04-26

690

Qayd etilishicha, 6 ta onlayn taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan. Ushbu agregatorlar orqali yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilarga tegishli bo‘lgan 199,1 mingta avtomobil mavjud.

Shundan 64 foizi Toshkent shahrida harakatlanadi. Ularning aksariyati quyidagi hududlarga to‘g‘ri keladi:

  • Toshkent shahri — 54,6 foiz;

  • Toshkent viloyati — 17,9 foiz;

  • Qashqadaryo viloyati — 5 foiz;

  • Farg‘ona viloyati — 3,3 foiz.

Umumiy hisobda 1-mart holatiga o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar 420,8 ming nafarni tashkil etadi. Ularning 161,5 ming nafardan ortig‘i soliq organlari bilan integratsiyalashgan onlayn-agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatmoqda. E’tiborlisi, ayollarning bu sohaga qiziqishi ortib bormoqda: 1 053 nafar haydovchi ayol ushbu onlayn xizmatlar orqali yo‘lovchi tashish bilan shug'ullanmoqda. 

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.