Toshkentda eng yirik xalqaro innovatsion tadbir “Innoweek.uz-2023” bo‘lib o‘tadi
Haftalikda 50 ta davlatdan 40 dan oshiq texnologik kompaniyalar qatnashishi kutilmoqda
Dunyo
2023-10-07
485
16-20 oktyabr kunlari eng yirik innovatsion tadbir “Innoweek.uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tadi.
Bu yilgi haftalik “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar - Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” mavzusida o‘tkaziladi.
Haftalikda muqobil energiya, biotexnologiya, kimyoviy industriya, robototexnika va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar taqdimoti bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, xorijiy yetakchi kompaniyalar bilan uchrashuv va kelishuvlar, xalqaro shartnomalar, konferensiya va forumlar bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.


