Toshkent aeroportida joylashgan mehmonxona auksionga qo‘yildi

Toshkent aeroportida joylashgan mehmonxona auksionga qo‘yildi

Mehmonxonaning boshlang‘ich bahosi yiliga 1 296 000 000 so‘m etib belgilandi

Dunyo

2023-10-23

387

Poytaxt aeroportida ilk bor mehmonxona ochiladi, deb xabar beradi Uzbekistan Airports.

U xalqaro aviaqatnovlar terminali jo'nab ketish zalining steril hududida joylashgan va tranzit yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan. 

Mehmonxona "E-auksion.uz" elektron platformasiga No 7214493 lot raqami bilan joylashtirilgan.

Umumiy maydoni 240 kv.m. bo‘lgan mehmonxonaning boshlang‘ich bahosi yiliga 1 296 000 000 so‘m etib belgilangan. Arizalar qabul qilishning oxirgi muddati - 2023-yil 30-oktyabr.

Ta'kidlash joizki, ikki qavatli mehmonxona 24 ta xona iborat. 

Ushbu mehmonxonada sayyohlar uchun informatsion tablo, yuvinish xonasi va dushlar, 24-soatlik resepshn va parvozga individual taklif qilish tizimi mavjud.

"Bugungi kunda mehmonxona to'liq qurib bitkazilgan va foydalanishga tayyor", - deydi Uzbekistan Airports.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.