Temir yo'l kesishmasida sodir bo'lgan YTH yuzasidan axborot

Temir yo'l kesishmasida sodir bo'lgan YTH yuzasidan axborot

Jinoyat

2024-01-18

812

Sho’rchi - Xayrobod temir yo’l uchastkasida harakatlanib ketayotgan shaharlaro poyezd  Spark avtomashinasi bilan to’qnashib ketgan.

Bugun, joriy yilning 18-oktabr kuni taxminan soat 08:47 da Surxondaryo viloyati Sho‘rchi – Xayrobod uchastkasidagi qo‘riqlanmagan (yo‘l belgilari va signalizatsiyasi o‘rnatilgan) temir yo‘l kesishmasida shaharlararo poyezd favqulodda tormozlanganiga qaramay Spark rusumli yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketgan.

Mazkur holat avtomashina haydovchisi tomonidan “Temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish” qoidasini qoʻpol ravishda buzgani sabab boʻlgan. To‘qnashuv natijasida teplovoz biroz shikastlangan, biroq poyezd yo‘lovchilari jabrlanmagan. Spark avtomashinasining haydovchisi shifoxonaga yetkazilgan va ko‘rsatilgan yordamga qaramay vafot etgan.

Hozirgi vaqtda huquq-tartibot idoralari tomonidan esa voqea hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

Hurmatli transport vositalari haydovchilari! Yo'l harakati qoidalariga qat’iy rioya qiling! Shunda siz o'z hayotingizni saqlab qolasiz va shu bilan atrofdagilarni ham himoya qilasiz!

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ

Axborot-tahliliy media markazi

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.