“Taxtaqoracha” dovonida yangi tonnel va yo‘l qurish loyihasi boshlanadi

“Taxtaqoracha” dovonida yangi tonnel va yo‘l qurish loyihasi boshlanadi

Shuningdek, Shahrisabz aeroportida fuqaro aviatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

2023-10-25

Qarshi shahrida Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda.

Yig‘ilishda “Taxtaqoracha” dovonida yangi tonnel va yo‘l qurish loyihasi muhokama qilindi.

Xitoylik investorlar bilan birga Samarqand bilan Shahrisabzni bog‘lovchi 30 kilometr yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlanadi.

Shuningdek, “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” yo‘lining Qashqadaryodan o‘tgan 100 kilometr qismini ta’mirlashga 122,5 million dollar jalb qilinadi.

Yig‘ilishda Shahrisabz aeroportida fuqaro aviatsiyasi yo‘lga qo‘yilishi ham ta’kidlandi.

1 yanvardan boshlab Shahrisabz aeroportiga yangi ATR samolyoti parvozlari yo‘lga qo‘yilib, Samarqand, Buxoro, Xorazm va vodiy viloyatlariga mahalliy reyslar ko‘paytiriladi.

Toshkent-Qarshi yo‘nalishida aviareyslar haftasiga 2 martadan 7 martaga oshiriladi.

Natijada, aviachiptalar narxi 2 barobar arzonlashadi, xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimi esa 3 barobar ko‘payadi.

Kelgusi yilda xorijiy sayyohlarni 500 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.