Tashqi savdo aylanmasi 22,1 foizga ko‘paydi
Iqtisodiyot
2023-10-23
429
9 oy yakuniga ko‘ra, eksportyorlar soni 6 417 taga yetdi va ular tomonidan 12 101,9 mln. AQSh dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilindi.
2023- yil yanvar-sentabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 44,8 mlrd. AQSh dollariga yetdi va 2022- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 8,1 mlrd. AQSh dollariga yoki 22,1 % ga ko‘paydi.
Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eksportyorlar soni 6 417 taga yetdi va ular tomonidan 12 101,9 mln. AQSh dollari (nomonetar oltindan tashqari) qiymatidagi (2022- yilning mos davriga nisbatan 6,2 % ga ko‘paydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta'minlandi.
Sentyabr oyida ham oltin eksporti amalga oshirilmagan. 354 mln dollarlik avtomobil (+42,6 foiz), 411,7 mln dollarlik gaz (-47,2 foiz), 217,7 mln dollarlik neft (2 barobar ko‘p) eksport qilingan.
2023- yilning yanvar-sentabr oylarida import hajmi 27 014,8 mln. AQSh dollarini va 2022- yilning mos davriga nisbatan 21,2 % ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (38,2 %), sanoat tovarlari (16,6 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (13,3 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.
O‘tgan oyning o‘zida katta miqdorda — 286,1 mln dollarlik gaz import qilingan. Bu yil boshidan beri qolgan 8 oydagi importga nisbatan ko‘pdir.
Shuningdek avtomobil importi ham tez sur'atlarda o‘smoqda. 9 oyda 3,15 mlrd dollarlik avtomobil olib kelingan va 2022 yilga nisbatan 63,6 foiz ko‘p.
Bundan tashqari sentyabr' oyida 15,1 mln dollarlik samolyot ham sotib olingan.


