Tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish so‘zsiz qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi

Tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish so‘zsiz qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi

Dunyo

2023-10-22

479

Deputat Bobur Bekmurodov Rossiya Dumasi deputati Mixail Delyaginning ayblovlariga munosabat bildirdi.

Rossiya Dumasi deputati Mixail Delyagin O‘zbekiston Prezidenti Administrasiyasi vakili Qaxramon Quranboevning o‘zbekistonlik migrantlar farzandlari uchun vatandoshlarimiz hisobidan Rossiyada bog‘cha va maktablar tashkil etish haqidagi so‘rovini noqonuniy hisobladi. 

Emishki, bu Rossiya konstitusiyasiga zid bo‘lib, diskriminasiyaga sabab bo‘lar ekan. 

Qolaversa, rus deputati O‘zbekistonga qarata jiddiy ayblovlarni ilgari surdi. Uning fikricha, bu harakatlar Rossiya ichkarisida ruslar uchun begona va dushman anklavlarni yaratishga qaratilgan ongli siyosatdir. 

Shu bilan birga, u O‘zbekiston Rossiyaga “siqib chiqargan” o‘z fuqarolarini qaytarishi lozimligini bildirgan. 

Birinchidan, har qanday mamlakat o‘z fuqarolari to‘g‘risida qayg‘urgan holda, ularga zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surishi normal holdir. Ushbu tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish so‘zsiz Rossiya qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

Ikkinchidan, Rossiyada mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz, tabiiyki, halol mehnatlari evaziga o‘z oilalarini moddiy ta'minlamoqdalar, Rossiya ularni tekinga boqmayapti. Bu borada ularning aksariyati yoshlarni tashkil etgan holda, o‘zlarining ayni kuchga to‘lgan davrlarida Rossiya iqtisodi uchun xizmat qilmoqdalar.

Uchinchidan, rus deputatining ittifoqchi mamlakatga nisbatan bu kabi o‘ta og‘ir ayblovlarni ilgari surishi Rossiya bilan munosabatlarda hattoki eng yaqin hamkorlarini ham xushyorlikka da'vat etadi. 

To‘rtinchidan, o‘rtoq Delyagin Mixail, agar siz aytgandek, Rossiya Federasiyasi kabi katta mamlakatni mehnat migrantlari “parchalay” olsa, oldingizda davlatchilikni mustahkamlash bilan bog‘liq boshqa muhimroq vazifalar turibdi.

Mixail, bizda erkin OAV bor, Duma deputatlari aytayotgan fikrlar O‘zbekiston jamoatchiligiga yetib boradi va shubhasiz mamlakatingizga nisbatan salbiy fikrni shakllantiradi. Davom eting.

Bobur Bekmurodov 

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.