Talabalarning ijara to‘lovini qancha miqdorini davlat qoplab beradi?
Ushbu miqdor ijara shartnomasining summasidan qat’iy nazar o‘zgarmaydi
Dunyo
2023-10-05
Qonunchilikka ko‘ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga yoki ota-onasiga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining oylik ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish belgilangan.
Bunda ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish to‘g‘risida komissiya tomonidan ijobiy xulosa olgan talabaпф oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’iy nazar, quyidagi miqdorda to‘lanadi:
Toshkent shahrida — BHMning bir baravari (330 ming so‘m);
Qolgan hududlarda — BHMning yarim baravari (165 ming so‘m).
Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.


