Surxondaryoda IIB xodimlariga tosh otib, qarshilik ko‘rsatgan 13 kishi 15 sutkaga qamaldi

Surxondaryoda IIB xodimlariga tosh otib, qarshilik ko‘rsatgan 13 kishi 15 sutkaga qamaldi

Oltinsoy tumanida futbol musobaqasi payti jamoat tartibini buzib, IIB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan 13 nafar fuqaro 15 sutkaga qamaldi.

Jamiyat

2024-06-04

475

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida 31 may kuni futbol musobaqasi paytida tartibsizlik keltirib chiqarib, ichki ishlar organi xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan fuqarolarga qonuniy chora ko‘rildi.

Shu kuni aholi yoshlar o‘rtasida futbol va mini-futbol musobaqalarini o‘tkazish uchun tumanning Obod turmush mahallasida yig‘ilgan. O‘yin boshlanish vaqtida tomoshabinlardan biri (1990 yilda tug‘ilgan) maydonni tark etmasdan, musobaqani boshlashga xalaqit bergan.


Fuqaro uni maydondan chiqarish uchun kelgan IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatgan. U 12 nafar mahalladoshi bilan birga jamoat tartibini buzib, futbol maydonida shovqin ko‘tarib, musobaqa buzilishiga sababchi bo‘lgan.

Ushbu 13 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (Mayda bezorilik), 194- (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.