Surayyo Rahmonova nomzodi Bolalar ombudsmani lavozimiga tasdiqlandi

Surayyo Rahmonova nomzodi Bolalar ombudsmani lavozimiga tasdiqlandi

Dunyo

2023-10-10

765

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi yig‘ilishida Surayyo Rahmonova nomzodi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga tasdiqlandi.

Bugun, 10 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida kun tartibidagi masalalardan biri sifatida Surayyo Rahmonovani Bola huquqlari bo‘yicha vakillikka tasdiqlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, nomzod deputatlarning ko‘pchilik ovozi bilan ushbu lavozimga tasdiqlandi.

Endilikda Surayyo Rahmonova nomzodi Senatda ham ma'qullanishi kerak.

Ma'lumot uchun, Surayyo Rahmonova 1978 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2000 yilda Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavr, 2002 yilda esa magistr darajasiga ega bo‘lgan. 2015 yilda dosent ilmiy unvoni, 2018 yilda yuridik fanlar doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.

Surayyo Rahmonova 2018-2019 yillarda Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot xizmatida bo‘lim boshlig‘i va rahbari, 2019 yildan AOKA bo‘lim boshlig‘i bo‘lgan, 2022 yildan Senatning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limida faoliyat ko‘rsatgan.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.