So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda nega chang bo‘ronlari ko‘paymoqda?
Gidrometeorologiya xizmati agentligi javob berdi
Ekologiya
2023-10-06
478
AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Gidrometeorologiya xizmati agentligi ob-havo o‘zgarishi va ifloslanishi hamda aholini tabiiy xavfli hodisalardan ogohlantirish haqida ma’lumot berdi.
Aytilishicha, O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga sabab bo‘luvchi 2 ta omil mavjud: tashqi va ichki.
Tashqi omil:
- Qozog‘iston, Turkmaniston va Afg‘oniston hududlarida global iqlim o‘zgarishi ta’sirida yomg‘ir miqdori keskin kamaygani;
- suv havzalari qurishi sababli cho‘llanish avj olib, kuchli bo‘ronlar sodir bo‘lmoqda va qum-chang ko‘tarilib, O‘zbekiston hududiga kirib kelmoqda;
- O‘zbekistoning G‘arbiy (Buxoro) va Janubiy (Qashqadaryo va Surxondaryo) viloyatlariga esa, Turkmaniston va Shimoliy Afg‘onistonning (Afg‘on shamoli) cho‘l hududlarida ko‘tarilgan qum va changlar bo‘ronlar orqali kirib kelmoqda.
Ichki omillar:
- mamlakatda cho‘llanish va yaylovlar degradatsiyasining avj olishi;
- qurilish maydonlari sonining ortishi natijasida shamol fonida unda chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishi;
- atmosferaga sanoat korxonalari va avtomashinalar tomonidan zararli tutunlarning chiqarilishi.


