Singapur instituti "kursdan kursga qolayotgan talabalar" bo'yicha bayonot berdi

Singapur instituti "kursdan kursga qolayotgan talabalar" bo'yicha bayonot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 500 dan ortiq talaba kursdan kursga qolayotgani haqidagi video tarqalgandi

Dunyo

2023-10-18

456

Bayonotda aytilishicha, videodagi talabalar Sanderlend universiteti ta’lim dasturi asosida TSMRIda bakalavr bosqichida tahsil olayotgan “Akademik nizom talablari”ga rioya etmagan talabalar hisoblanadi.

Ushbu nizom bo'yicha talabaga fanni o‘zlashtirish uchun jami 4 marotaba imkoniyat beriladi:

  1. Main Examination (semestr yakunida asosiy imtihon)

  2. Supplementary Examination (qayta topshirish imtihoni)

  3. Remodule main Examination (fanni o‘zlashtirish uchun keyingi o‘quv yilida qayta o‘qish va o‘quv jarayoni yakunida asosiy imtihon)

  4. Remodule supplementary Examination (qayta o‘qishga qolgan fandan qayta topshirish imtihoni)

Ushbu imkoniyatlardan so‘ng ham talaba fanni o‘zlashtira olmasa, talabalar safidan chetlashtirilishi belgilangan.

2022-2023 o‘quv yilida Buyuk Britaniyaning Sanderlend universiteti ta’lim dasturi asosida 2313 nafar talaba tahsil olgan bo‘lib, shundan 532 nafari akademik nizom talablarini qo‘pol ravishda buzgan  (kurs ishlarida me’yordan ko‘p plagiat qayd etilishi – “plagiarism”, hamda ko‘chirmakashlik qilish yoki shpargalkalardan foydalanish holati – “cheating”).

"Talabalarning statuslari (fanni o‘zlashtirganlik holati) aniq bo‘lgunga qadar, vaqt yo‘qotmaslik maqsadida mazkur talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etilib, ular tegishli fanlarga yo‘naltirildi. Hozirda talabalar o‘quv jarayonlarida ishtirok etishmoqda," - deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, institutda bir yillik o‘quv shartnoma to‘lovi 32 mln. 256 ming so‘mni tashkil etadi. Qayta o‘zlashtirishga qolgan talaba faqatgina qayta o‘qiyotgan fani uchun to‘lovni amalga oshiradi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.