Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon O‘zbekistonning Dushanbedagi elchixonasi yangi binosini ochib berdi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon O‘zbekistonning Dushanbedagi elchixonasi yangi binosini ochib berdi

Siyosat

2024-04-19

452

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekistonning Dushanbe shahridagi elchixonasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarlari ramziy tasmani kesib, O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Elchixonada ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon elchixona Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdi.


Shavkat Mirziyoyev 18-aprel kuni davlat tashrifi bilan Dushanbe shahriga bordi. Uni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kutib olgan.

  • Dastlab “Qasri Millat” davlat qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o'tkazdi.

  • Shuningdek, davlat rahbarlari  Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.