"Sharq taronalari" musiqa festivali endilikda Namanganda bo‘lib o‘tadi
Festival 1997 yildan buyon Samarqand shahrida o‘tkazilib kelingandi
Jamiyat
2023-10-20
473
Prezident tashabbusi bilan Samarqand shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Sharq taronalari" xalqaro festivali endilikda Namanganda bo‘lib o‘tadi, deb xabar berilmoqda.
Bu haqda Axsikent arxeologik merosini muhofaza qilish va tadqiq qilish boshqarmasi boshlig‘i Anvar Ikromov ma’lum qilgan.
"Namangan viloyatining turizm salohiyati yuksalib bormoqda. Turizm klasteri yaratilmoqda, o‘nlab mehmonxonalar va boshqa infratuzilmalar barpo etilmoqda.
Tez orada u yerda jahonga mashhur "Sharq taronalari" festivali bo‘lib o‘tadi", – dedi Anvar Ikromov.
Ma’lumot uchun, "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali Samarqand shahrida 1997 yildan buyon har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinmoqda.
Bu yil noma’lum sabablarga ko‘ra qoldirildi.


