Sentyabr oyida oltin-valyuta zaxiralari 1,6 mlrd dollarga kamaydi

Sentyabr oyida oltin-valyuta zaxiralari 1,6 mlrd dollarga kamaydi

Iqtisodiyot

2023-10-16

621

Bu xalqaro bozorda oltin narxining arzonlashgani bilan bog‘liq.

Markaziy bank 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari holatini e'lon qildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari hajmi 31 mlrd 39,3 mln AQSh dollarini tashkil qilmoqda. Bu 3,5 yillik, ya'ni pandemiya davri, 2020 yil mart yakunlaridagi minimumning yangilanishidir.

O‘zbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari sentyabr oyida o‘tgan oyga nisbatan 1 650,8 mln dollarga kamaygan. Yalpi zaxiralarning valyuta qismi 1 sentyabr holati bilan solishtirganda 1 309,5 mln dollarga kamaygan. Valyuta zaxiralari hozirda 7,39 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

Naqd valyuta va depozitlarning 369,7 mln dollari boshqa markaziy banklarda, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) hamda XHKBda, qolgan 7,02 mlrd dollari esa bosh ofisi xorijda joylashgan banklarda saqlanmoqda.

Zaxira aktivlar tarkibida monetar oltin 23,10 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Bir oy oldinga nisbatan monetar oltin qiymati 335,0 mln dollarga kamaygan bo‘lsa, oltinning fizik hajmi 290 ming unsiyaga ko‘paygan.

Markaziy bank xalqaro zaxiralarning kamayishiga izoh berarkan, 2023 yilning sentyabr oyida oltin narxining 1944,20 dollardan 1871,60 dollargacha pasayishi tufayli zaxiralar 0,9 mlrd dollarga kamayganini bildirgan.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.