Senat mamlakat OAV erkinligi va mustaqilligi haqidagi qonunni maʼqulladi

Senat mamlakat OAV erkinligi va mustaqilligi haqidagi qonunni maʼqulladi

Dunyo

2024-08-29

Oliy Majlis Senatining matbuot xizmati yuqori palataning 56-yalpi majlisi haqida axborot joyladi. Unda, xususan, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilingani aytiladi.

Amaldagi qonun hujjatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan ushbu Qonun yangilangan Konstitutsiyada mustahkamlangan tamoyillarni amalga oshirishga qaratilgan bir qator muhim tuzatishlarni o‘z ichiga olganligi qayd etildi.

Xususan, 26 ta qonun hujjatlarining, shu jumladan 6 ta kodeks va 20 ta qonun normalari yangilangan Konstitutsiyaning 19-moddasida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar qonun oldida tengdirlar” degan qoidaga muvofiqlashtirilmoqda.

Shuningdek, mazkur Qonun orqali “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunga ommaviy axborot vositalarining erkinligi va mustaqilligi hamda qonunga muvofiq ish olib borishi haqidagi norma bilan to‘ldirilmoqda.

Yana muhim o‘zgarishlardan biri Mehnat kodeksi va “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunga qarindoshining sudlanganligiga qarab ishga qabul qilishni rad etish kabi kamsitishlarning oldini olish bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Senatorlar tomonidan ushbu Qonun fuqarolar himoyasining huquqiy kafolatlarini yana-da mustahkamlashga, ularning huquqlarini amalga oshirishda, shu jumladan ishga qabul qilishda teng imkoniyatlarni taʼminlashga, shuningdek, ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligi kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Qonun parlamentning yuqori palatasi aʼzolari tomonidan maʼqullandi.

 

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.