Sankt-Peterburg markazida 11 nafar O'zbekiston fuqarosi o'rtasida janjal sodir etildi

Sankt-Peterburg markazida 11 nafar O'zbekiston fuqarosi o'rtasida janjal sodir etildi

“Kattaqo‘rg‘on” kafesi yonidagi mushtlashuv sababli 2 kishi miya chayqalishi bilan shifoxonaga yotqizilgan

Jinoyat

2023-10-21

749

17-oktyabrga o‘tar kechasi Sankt-Peterburgning Dostoyevskiy ko‘chasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi.

Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, "Kattaqo‘rg‘on” kafesi yonida janjal kelib chiqqan. Bu haqidagi xabarni olgan militsiya u yerga darhol yo‘l olgan.

23 yoshdan 42 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan. Ular orasida sartarosh bo'lib ishlaydigan 34 yoshli ayol ham bo'lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, aynan u tufayli janjal kelib chiqqan.

Mushlashuv natijasida 2 kishi yopiq bosh miya jarohati, miya chayqalishi va ko‘plab jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, qo‘lga olinganlarga nisbatan immigratsiya qonunchiligini buzganlik uchun 6 ta, mayda bezorilik uchun 8 ta bayonnoma tuzilgan. 

Bundan tashqari, tekshiruv natijalariga ko‘ra jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Mojaroning to‘rt nafar ishtirokchisi bezorilikda gumon qilinmoqda.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.