Robototexnika bo'yicha jahon chempionatida o'zbekistonlik maktab o'quvchilari 3-chi o'rinni egallashdi

Robototexnika bo'yicha jahon chempionatida o'zbekistonlik maktab o'quvchilari 3-chi o'rinni egallashdi

Singapurdagi FIRST GLOBAL CHALLENGE chempionatida vakillarimiz bronza medallariga sazovor bo'lishdi

Jamiyat

2023-10-16

471

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari Singapurda bo‘lib o‘tgan FIRST GLOBAL CHALLENGE robototexnika chempionatida 3-o'rinni egallashdi, deb xabar berilmoqda.

“Biz Singapurga kuchli jamoani olib keldik, ular qisqa vaqt ichida xalqaro chempionatga a’lo darajada tayyorgarlik ko'rishdi. O‘zbekistonda robototexnika yildan-yilga jadal rivojlanmoqda”, - deydi jamoa ustozi Safina Teshabayeva.

Terma jamoamiz tarkibidan Shukrullo Sodiqov (Buxoro shahri), Mahkambek Teshabayev (Toshkent shahri), Nazarboy Rahmonov (Toshkent shahri), Abdulaziz Mirahmedov (Toshkent shahri), Aydar Ermuxon (Toshkent shahri) joy olgan.

FIRST GLOBAL CHALLENGE - har yili turli mamlakatlarda o'tkaziladigan robototexnika bo'yicha jahon chempionati hisoblanadi. Bu yilgi chempionatda 191 davlatdan vakillar ishtirok etishdi.

O'zbekiston terma jamoasi ushbu chempionatda ikkinchi yil ishtirok etmoqda.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.