Robaxon Mahmudova: “Adolat” partiyasi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan masalalar yuzasidan tezkorlikda o‘z munosabatini bildirib kelmoqda

Robaxon Mahmudova: “Adolat” partiyasi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan masalalar yuzasidan tezkorlikda o‘z munosabatini bildirib kelmoqda

Jamiyat

2024-08-28

O‘zbekiston siyosiy hayotida yaqinlashib kelayotgan muhim voqea – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik doirasida “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi Robaxon Mahmudovaning OAV vakillari bilan suhbati e’lon qilindi.

Suhbatda mamlakatimizda dolzarb bo‘lib turgan masalalar bo‘yicha partiya pozitsiyasi bildirilgan. Xususan, farmatsevtika kompaniyalari va davlat tibbiy muassasalari shifokorlari o‘rtasidagi yashirin kelishuvlar uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkinligi haqida gap borgan.

“Biz kelgusi besh yillikda [Sog‘liqni saqlash vazirligi] faoliyatini tubdan takomillashtirish, xususan, sog‘liqni saqlash tizimini to‘liq raqamlashtirish, “elektron poliklinika” va “yagona elektron anketa” tizimlarini yo‘lga qo‘yish hamda farmatsevtika va tibbiyot xodimlari orasidagi yashirin kelishuv va noqonuniy muloqot uchun jinoiy javobgarlik belgilash borasida bir qator muhim chora-tadbirlarni amalga oshiramiz... Sog‘liqni saqlash vazirligi ham, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ham dori vositalarining aylanmasini to‘g‘ri tashkil etish hamda ularning sifatini nazorat qilish tizimini yarata olmadi,” deya ta’kidlagan Robaxon Mahmudova.

Partiya dori-darmonlarning yagona elektron bazasini shakllantirish va mamlakat bo‘ylab yaxlit elektron tizimni joriy qilish tashabbusini ilgari surayotgani ma’lum qilingan.

“Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi, shuningdek, “propiska” tizimi “Adolat” partiyasining sa’y-harakatlari natijasida isloh qilinganligi aytib o‘tdi. “Aynan “Adolat” partiyasining Saylovoldi dasturidan kelib chiqqan holdagi sa’y-harakatlari, takliflari natijasida “propiska” tizimiga yangicha yondashish, fuqarolarimizning o‘z xohish-istaklaridan kelib chiqqan holda doimiy yashash joyini o‘zi belgilash huquqini ta’minlovchi huquqiy asosni bosqichma-bosqich takomillashtirib borish yo‘nalishida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishiga erishildi. Natijada Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkka ega bo‘lish uchun bu hududlarda doimiy ro‘yxatda turish talabi bekor qilindi.”

Suhbatdoshning bildirishicha, “Adolat” partiyasi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan masalalar yuzasidan tezkorlikda o‘z munosabatini bildirib kelmoqda. “Boshqa partiyalarni bilmadimu, lekin “Adolat” partiyasi bugungi kunda jamiyatdagi dolzarb, aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan masalalar yuzasidan tezkorlikda o‘z munosabatini bildirib kelmoqda. Ahamiyatli jihati shundaki, biz mazkur munosabatlarda nafaqat mavjud muammo va vaziyat yuzasidan partiyamiz pozitsiyasini bildiryapmiz, balki ularni samarali yechishga qaratilgan aniq tahlil va asoslarga ega takliflarimizni ham ilgari suryapmiz, yakunda esa  natijaga erishib kelyapmiz.”

Ta’lim sohasini isloh qilish masalasida ham “Adolat” partiyasi raisi o‘z munosabatini bildirdi. Xususan, maktablardagi ta’lim sifati pastligi sababli ota-onalar o‘z farzandlarini ortiqcha mablag‘ sarflash evaziga o‘quv markazlarida, repetitorlarda o‘qitishga majbur bo‘layotganini aytib o‘tdi. “Bu esa ota-onalarning farzandlari maktab ta’limi bilan OTMlarga o‘qishga kirolmasliklari bo‘yicha haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Vazirlik jiddiy choralar ko‘rmayapti. Biz vazirlik oldiga davlat tomonidan ko‘plab imkoniyatlar yaratilayotgan, ta’limga hisobsiz mablag‘lar ajratilayotgan bir paytda nima uchun natija yetarli emas, degan savolni qo‘ymoqdamiz,” deb ta’kidladi Robaxon Mahmudova.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.