Red Wings Airlines aviakompaniyasi Qozondan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Red Wings Airlines aviakompaniyasi Qozondan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Dunyo

2023-10-17

498

Rossiya Tatariston Respublikasi poytaxtidan O‘zbekistonning eng mashhur shaharlaridan biriga birinchi reys 2023-yil 30-oktabr kuni amalga oshiriladi.

Parvozlar haftada bir marta - dushanba kunlari amalga oshiriladi. Samolyot Qozondan mahalliy vaqt bilan 21:45da uchib, ertasi kuni ertalab soat 03:00da Samarqandga qo‘nadi. Qaytish reysi seshanba kuni soat 04:00 da, Rossiyaga qo’nish esa soat 05:30 da rejalashtirilgan.

Yo‘lovchilar havoda 3 soat 15 daqiqa vaqt o‘tkazadilar. Bu yoʻnalishda sayyohlarga 100 yoʻlovchi oʻrindigʻiga ega SSJ100 laynerlari xizmat koʻrsatadi.

Ushbu reyslarga chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida, mobil ilovasida va agentlaridan xarid qilish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Samarqand Oʻzbekistonning uchinchi yirik shahri hisoblanadi. Shahar turli davrlarga tegishli ko'plab diqqatga sazovor joylar bilan ajralib turadi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.