Qozog‘iston uchinchi chorakda O‘zbekistonga 31,1 ming tonna Rossiya neftini yetkazib berdi

Qozog‘iston uchinchi chorakda O‘zbekistonga 31,1 ming tonna Rossiya neftini yetkazib berdi

Iqtisodiyot

2023-10-13

783

Oktyabr oyi uchun reja 25 ming tonnani tashkil etadi deb xabar bermoqda Qozog‘iston quvur operatori.

Neft Qozog'iston orqali Omsk - Pavlodar - Chimkent - Shag'ir yo'nalishi bo'yicha temir yo'l sisternalari yordamida tashilmoqda.

Birinchi chorakda O‘zbekistonga 10,7 ming tonna, ikkinchi chorakda esa 37,9 ming tonna Rossiya nefti tashilgan. Umumiy  hisobda to‘qqiz oyda “KazTransOil” magistral neft quvurlari tizimi orqali O‘zbekistonga 80 ming tonna Rossiya nefti yetkazib berilgan.

Oktyabr oyida kompaniya O‘zbekistonga 25 ming tonna Rossiya neftini tranzit qilishni rejalashtirmoqda.

2023 yilga moʻljallangan rejaga koʻra, Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga 180 ming tonna Rossiya neftini tashish koʻzda tutilgan. Birinchi yarim yillikda 48 ming 600 tonna neft tashilgan bo‘lsa, ikkinchi yarim yillik reja 131 ming 500 tonnani tashkil etadi.

2023-yil 1-fevraldan boshlab KazTransOil bir tonna neft uchun tarifni 25,12 dan 27,9 dollarga(QQSsiz) oshirdi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.