Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri 2 oyga hibsga olindi

Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri 2 oyga hibsga olindi

Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri, prezidentning sobiq maslahatchisi Yerlan Turg‘umboyev ikki oyga hibsga olindi. Bu haqda respublika Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Dunyo

2024-05-03

746

30-aprel kuni Ostona ixtisoslashtirilgan tergov sudi sobiq vazirga nisbatan ikki oy muddatga hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘lladi. Turg‘umboyevning hibsga olinishiga oid boshqa ma’lumotlar Qozog‘iston Jinoyat protsessual kodeksining 201-moddasiga muvofiq oshkor etilmaydi. Tegishli modda dastlabki tergov ma’lumotlari ochiqlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Yerlan Turg‘umboyev Qozog‘istonda 2022-yil yanvarida boshlangan norozilik namoyishlari bilan bog‘liq jinoiy ishlar bo‘yicha tergov doirasida 2024-yil 29-aprel kuni qo'lga olindi. Bosh prokuratura Turg‘umboyev og‘ir oqibatlarga olib kelgan hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda gumon qilinayotgani haqida xabar berdi. Jinoyat ishida “davlat sirini tashkil etuvchi ma‘lumotlar borligi sababli, tergovning boshqa maʼlumotlari oshkor etilmadi.

Turg‘umboyev 2019-yildan buyon Ichki ishlar vazirligini boshqarib kelgan va 2022-yil fevralidagi yanvar voqealaridan keyin lavozimidan ozod etilgan. Shundan so‘ng u qariyb olti oy prezident maslahatchisi bo‘lgan, 2023-yilda esa Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi maslahatchisi etib tayinlangandi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.