Qozog‘iston Parlamenti Majlisi Raisi yurtimizga tashrif buyurdi
Tashrif doirasida O‘zbekiston-Qozog‘iston o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish ko‘zda tutilgan
Siyosat
2023-10-26
Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majilisi Raisi Yerlan Koshanov boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan keldi, deb xabar berilmoqda.
Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov kutib oldi.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish va norma ijodkorligi sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
"Tili, dini bir, tarixi, madaniyati mushtarak bo‘lgan o‘zbek va qozoq xalqlari do‘stligi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yanada mustahkamlanmoqda," - deydi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.


