Qozog‘iston O‘zbekistonga neft yetkazib berishni ko‘paytirish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor

Qozog‘iston O‘zbekistonga neft yetkazib berishni ko‘paytirish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor

Iqtisodiyot

2023-10-11

762

Qozog‘iston rasmiylari Toshkentdan yaxshi narx sharoiti bo‘lsa, O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini oshirish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda Qozog‘iston energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Departament bayonotida qayd etilishicha, O‘zbekistonga neft yetkazib berish Shag‘ir neft quyish stansiyasi (Chimkent) va Qosimov neft nasos stansiyasidan (Atirau) amalga oshiriladi.

“Agar Oʻzbekiston tomoni Xitoy yoki boshqa xorijiy davlatlarga qaraganda yaxshiroq narx va shartlarni taklif qilsa, biz yetkazib berish hajmini oshirishni koʻrib chiqishga tayyormiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Sentyabr oxirida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Germaniya federal kansleri Olaf Shols bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida respublika “Дружба” neft quvuri orqali Germaniyaga neft yetkazib berish hajmini oshirishga tayyorligini aytgan edi.

Avvalroq neft narxi qachon bir barrel uchun 50 dollargacha tushishi ma'lum bo'lgandi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.