Qizil kitobga kiritilgan o'simlik noqonuniy kesib tashlandi
Natijada tabiatga 302 million so'm zarar yetdi
Ekologiya
2023-10-12
458
Ekologiya vazirligi xabar berishicha, Surxondaryodagi "Bobotog'" davlat o'rmon xo'jaligi hududida tabiiy holda o'sadigan "Tojik kovragi" o’simligiga ko'p miqdorda zarar yetgazilganligi aniqlandi.
O’rganishlar natijasida o’rmon xodimlarining o’z ishiga ma’suliyatsizlik bilan yondashishi oqibatida hududdagi O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan 611 tup tojik kovragi o’simligi noqonuniy tarzda kesib olingan.
Natijada tabiatga 302 million 445 ming so‘m zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi.
Ish yuzasidan to'plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun tuman prokuraturasiga yuborilganligi aytilmoqda.


