Qirg‘izistonda “O‘lmas polk” ommaviy yurishi bekor qilindi

Qirg‘izistonda “O‘lmas polk” ommaviy yurishi bekor qilindi

Dunyo

2024-05-01

546

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi respublikadagi “O‘lmas polk” yurishini bekor qildi. Bu qaror xavfsizlik nuqtai nazaridan qabul qilingan, deya ta’kidladi vazirlik. Tadbir onlayn tarzda o'tishi ham mumkin.

“Odamlar gavjum joylarda jinoyat sodir etish xavfining oldini olish, jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz”, — deyiladi boshqarma matbuot xizmati xabarida.
“O‘lmas polk” Qirg‘izistonda 2014-yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. Ommaviy yurish faqat 2020-yilda koronavirus pandemiyasi sababli bekor qilingandi.

Ma’lumot uchun, bu yil xavfsizlik nuqtai nazaridan Rossiyada ham "O‘lmas polk" yurishini o'tkazmaslikka qaror qilingan.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.