Qaysi hududda tashqi reklama bo’lmasligini aholini o`zi tanlaydi
Dunyo
2023-10-30
Portalda va “Xalq nazorati” ilovasida Toshkentning tashqi reklamadan holi hududlarini kengaytirish bo`yicha so`rovnoma o`tkazilmoqda.
Poytaxtning qaysi hududlari tashqi reklamalardan holi bo`lishi kerakligini aniqlashda, Toshkent aholisi portaldagi yoki “Xalq nazorati” ilovasidagi so`rovnomada qatnashishi mumkin. Amaldagi qonunga ko`ra, madaniy meros obyektlari va davlat idoralari binolariga tashqi reklamani joylashtirilishi taqiqlanadi, ammo ushbu ro`yxat xalq fikrini inobatga olgan holda kengaytirilishi mumkin.
Xalq nazorati portalida ariza berish uchun siz «Foydalanuvchi so`rovlari» bo`limini tanlashingiz kerak. “Reklamadan holi hudud” bo`limida fikringizni qoldira olasiz. So`rov 15 kun davom etadi va 11 noyabrda yakunlanadi. Ishtirokchilar ariza to`ldirayotganlarida manzilni ko`rsatishlari, reklama joylashtirilgan joyni fotosuratini ilova qilishlari va nima uchun ushbu obyektda reklama bo`lmasligi kerakligini aytib o`tishlari kerak bo`ladi.
Amaldagi qonunchilikga ko`ra, davlat va diniy obyektlari, moddiy madaniy meros obyektlaridan 50 metr radiusda, shuningdek ushbu tuzilmalar hududida tashqi reklamani joylashtirish taqiqlanadi.
Madaniy meros obyektlari yaqinida va uning hududida tashqi reklama joylashtirish qonun tomonidan taqiqlanganiga qaramay, ushbu normalar ba’zi joylarda buzilganliguiga guvoh bo`lish mumkin.
Raqamli rivojlantirish departamentining “Tashqi reklama” loyihasi bo`limi tomonidan o`tkazilgan tahlillariga ko`ra shaharda o`rnatilgan 11 mingta tashqi reklama obyektlaridan 2500 dan ortig`i madaniy meros obyektlari va davlat muassasalari hududida qonunbuzarlikka yo`l qo`ygan holda o`rnatilgani ma’lum bo`lgan. (Masalan, 145- umumta’lim maktabi yoki eski TashMI binolarining bir qismi madaniy meros obyekti hisoblanadi).
So`rovnomada ishtirok eting va faol fuqarolik burchingizni namoyon qilgan holda shahrimizning ko`rkini xiralashtiruvchi ba’zi tashqi reklamalardan ozod bo`lishiga o`z hissangizni qo`shing.

