Qashqadaryoda suv o'g'risi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
U 13 yil davomida noqonuniy ravishda ichimlik suvidan ekinlarini sug'orib kelgan
Jinoyat
2023-10-20
651
"Qashqadaryo suv ta’minoti" MChJ xodimlari tomonidan reyd tadbirlari o‘tkazildi, deb xabar berilmoqda.
Unda aniqlanishicha, Nishon tumani Balxiyak qishlog'ida yashovchi O‘.Abdullaev ichimlik suvidan 13 yil davomida noqonuniy foydalangan.
U 2010-yilda dehqon xo‘jaligi tashkil etgan va "Talimarjon-Muborak" magistral quvuriga d-76 mm lik quvur orqali noqonuniy ulanib, ichimlik suvidan ekinlarni sug‘orib kelgan.
Bu bilan u jamiyatga 282 716 280 so‘m miqdorida zarar yetkazgan.
4-oktyabr kuni sud to‘plangan hujjatlar va tomonlarning ko‘rsatmalarini o‘rganib chiqdi.
"Sud hukmiga ko'ra, O‘.Abdullaevga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlanib, undan 282 716 280 so‘m zarar undiriladigan bo‘ldi va sud zalidan qamoqqa olindi", - deyiladi xabarda.


