Prezidentning Rossiyaga tashrifi boshlandi
Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga yetib keldi
Dunyo
2023-10-05
Abdulla To‘qay nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Rossiya Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov kutib oldi.

Dasturga muvofiq, Qozonda bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
6 oktyabr kuni esa, Shavkat Mirziyoyev Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Mamlakat yetakchilari O‘zbekiston va Rossiyaning bir qator yo‘nalishlardagi hamkorligini rivojlantirish haqida so‘z yuritadilar.



