Prezident jamoatchilik bilan birga ko‘chat ekdi
Davlati rahbari “Yashil makon” loyihasida kuzgi daraxt ekish mavsumini boshlab berdi
Dunyo
2023-10-15
789
Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi Oqtepa va Bog‘zor mahallalariga tashrifi chog‘ida jamoatchilik bilan birga ko‘chat ekdi.
Aytilishicha, bu mavsumda 85 million tup ko‘chat o‘tqazilishi mo‘ljallangan. O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan har bir mahallaga 200 tadan ko‘chat bepul yetkazib beriladi. Shuningdek, 15 oktyabrdan barcha tuman va mahallalarda ko‘chat yarmarkasi tashkil qilinadi.
Prezident ahalla aholisi bilan suhbatda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni haqida gapirdi:
- Bugun kelishimizdan maqsad - o‘tgan yilgi saboqdan natija nima bo‘lganini ko‘rish. Buning uchun kerakli qarorlar qabul qildik, katta mablag‘lar ajratdik. Xorijdan texnologiyalar, mutaxassislar olib keldik. Soha xodimlari qo‘shimcha o‘qitildi, ularning oyliklari oshirildi. Hozir rahbarlarga har bir mahalla, har bir ko‘p qavatli uy, maktab, shifoxonalarga kirib, issiqlikni kafolatlash bo‘yicha yana topshiriqlar berdim. Eng muhimi, bu borada xalq nazoratini yo‘lga qo‘yamiz. Shu bilan birga, energiya tejamkorlik madaniyatini oshirish kerak. Sizga o‘xshagan ko‘pni ko‘rgan insonlar, ziyolilar bunda namuna, davlatga ko‘makchi bo‘lishi zarur.


