"Prava" olib berishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi

"Prava" olib berishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi

Ular pul evaziga imtihondan o‘tkazib qo‘yishini aytgan

Jinoyat

2023-10-25

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Unda fuqaro X.J. 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan. 

1 300 AQSh dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Kogon tuman bo‘limi o‘tkazgan tezkor tadbirda esa, fuqaro D.B. fuqaro M.X.ga avtomaktabda o‘qiganligi haqida hujjat tayyorlab berib, imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan.

Xizmatlari uchun 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.