Oltita avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi
Jamiyat
2023-10-25
Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2023-yil 24-25-oktabr kunlari ayrim avtobus yo‘nalishlari harakatiga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritiladi:
56-sonli “Tarixteshar mahallasi – Chorsu savdo markazi” avtobus yo‘nalishining harakati bir tomonlama Furqat va A.Navoiy ko‘chalari kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali Chorsu savdo markaziga chapga harakatlangan holda o‘zgartiriladi;

60-sonli “Elektrokabel zavodi – Toshkent MUM” avtobus yo‘nalishining harakati ikki tomonlama Shaxrisabz ko‘chasidan A.Temur, I.Karimov ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi;

95-sonli “Yunusobod 15-dahasi – Aviasozlar ASHB” avtobus yo‘nalishining harakati ikki tomonlama Parkent, Kichik halqa yo‘li, Katta Darxon, Oqqo‘rg‘on, Osiyo ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi;

16-sonli “Navro‘z bozori – Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishining harakati Navro‘z bozoridan TTZ ASHBgacha uzaytiriladi;

103-sonli “Do‘mbirabod mavzesi – Chorsu savdo markazi” avtobus yo‘nalishining harakati Do‘mbirabod mavzesidan Chilonzor buyum bozori ASHBgacha uzaytiriladi;

148-sonli “Mirishkor mahallasi – Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishining harakati Mirishkor mahallasidan Olmos mahallasi hududigacha uzaytiriladi.



