OKMKning mag‘lubiyatli seriyasi. Namangandagi kambek. Omadi chopmagan Nasaf

OKMKning mag‘lubiyatli seriyasi. Namangandagi kambek. Omadi chopmagan Nasaf

OCHL 3-turidagi klublarimizning o‘yinlari

Sport

2023-10-24

742

23-oktyabr kuni OCHL 3-turi doirasida 3 nafar klubimiz o‘z o‘yinlarini o‘tkazishdi.

OKMK klubi Eronning Sepahon klubiga qarshi saf tortdi.

Olmaliqdagi o‘yinda Eron klubi turnirdagi dastlabki g‘alabasiga erishgan bo‘lsa, OKMK ketma-ket 3-mag‘lubiyatini tan oldi. Ramin Rizoyonning dubli va Rizo Asadining goliga Mirjahon Mirahmadov bitta gol bilan javob qaytardi – 1:3.


Navbahor o‘z uyida muhim g‘alabaga erishdi.

Namanganda Eronning Nassaji klubiga qarshi o‘tgan o‘yinda hisob birinchi bo‘lim yakunida mehmonlar tomonidan ochildi. Maydon markazida Azimjon Ahmedovning xatosidan keyin Muhammadrizo Ozodiy O‘tkir Yusupov darvozasini ishg‘ol etdi – 0:1.

Ikkinchi bo‘lim boshida zaxiradan maydonga tushgan Oston O‘runov o‘yinda tub burilish yasadi. 74-daqiqada u Iskanderovning uzatmasidan keyin hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 90+7-daqiqada aynan Oston va Jamshidning kombinatsiyasidan keyin eronlik o‘yinchi o‘z darvozasini ishg‘ol etib, Namangandagi stadionni larzaga keltirdi – 2:1.


Nasaf Birlashgan Arab Amirliklarida Sharjaga mag‘lubiyatga uchradi.

Mezbonlardan Kayo Fernandesh 45+5-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, qarshiliklar o‘yin oxirida hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Ammo Azizbek Amonov 90+14-daqiqada penaltidan foydalana olmadi.


Bugun, 24 oktyabr kuni Paxtakor ham o‘z uchrashuvini o‘tkazadi. Turkmanistonning Ahal jamoasi Toshkentda mehmon bo‘ladi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.